» » FIFA 1 ta o‘yin davomida 5 futbolchini almashtirishga ruxsat berdi

FIFA 1 ta o‘yin davomida 5 futbolchini almashtirishga ruxsat berdi


FIFA tashkiloti 2020-yilning oxirigacha futbol uchrashuvlarida zaxira almashtirishlar sonini beshtaga yetkazishga ruxsat berdi.

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashi (IFAB) qaroriga ko‘ra, 2020-yilning oxirigacha har bir klub o‘yin davomida beshtagacha almashtirish qilishiga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, mazkur qarorni kuchga kiritish konfederatsiyalar (masalan, OFK) va federatsiyalar (masalan, O‘FA, PFL) ixtiyorida qoladi.

Biroq besh nafar futbolchini tushirish degani, o‘yin davom etayotgan vaqtda besh marta o‘yinchi almashtirish mumkinligini anglatmaydi. O‘yin davomida faqat uch marta, shuningdek, tanaffus vaqtida zaxira imkoniyatidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Ya’ni, besh nafar futbolchini maydonga tushirish uchun o‘yin vaqtida uchta imkoniyat beriladi. Masalan, bir futbolchini tanaffus vaqtida tushirgan holda, qolganlarini ikkinchi bo‘lim davomida uchta imkoniyatda maydonga tashlash mumkin: 1+2+1, 2+1+1, 2+2, biroq 1+1+1+1 ga yo‘l qo‘yilmaydi.

IFAB va FIFA mazkur qaror 2021-yilda ham amalda bo‘lish yoki bo‘lmasligi borasida bir qarorga kelmagan.

Videotakrorlar tizimidan (VAR) foydanlanishda davom etish masalasi federatsiya va konfederatsiyalar ixtiyorida qoladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют