» » Kalaka qilayotgan Stalin, fransuzlarni g‘azabga soluvchi Gitler surati, O‘zbekistondagi gospitalda skripka chalayotgan shifokor. Ikkinchi jahon urushi 75 ta suratda

Kalaka qilayotgan Stalin, fransuzlarni g‘azabga soluvchi Gitler surati, O‘zbekistondagi gospitalda skripka chalayotgan shifokor. Ikkinchi jahon urushi 75 ta suratda


9-may — nemis fashizmi ustidan g‘alaba qozonilgan kun. Bugun ushbu G‘alaba kuniga 75 yil to‘ldi. 9-may — O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarni xotirlash kuni sifatida nishonlanib kelinadi. “Daryo” nashri Ikkinchi jahon urushining barcha dahshat va insoniyatga yetkazgan a’zoblarini, shuningdek, o‘sha davrdagi hayotni ortiqcha bo‘yoqlarsiz ifodalovchi eng yaxshi suratlarni to‘plab taqdim etdi.

SSSR tarkibidagi mintaqalardan birining askarlari oziq-ovqat vagoni orqali Moskva himoyasiga otlanmoqda. Oldinda o‘tirgan askar garmonda kuy ijro etmoqda

Ushbu kadr hozirga qadar fransuzlarning kayfiyatini buzadi. Adolf Gitler natsist Germaniyasi tomonidan bosib olingan Parijda. 1940-yil, iyun 

Nemis asirlari Sharqiy frontda. Surat 1943-yilda olingan 

Moskvadagi G‘alaba paradi

Ushbu norasmiy surat Stalinning tansoqchisi Vlasik tomonidan tushirilgan

Yakov Jugashvili, Stalinning to‘ng‘ich o‘g‘li 1941-yildayoq nemislar tomonidan asirga olingan. Ayrim versiyalarga ko‘ra, Yakovning o‘zi taslim bo‘lgan. O‘g‘lining asirga tushganini eshitgan Stalin “Qaysi ahmoq? U hatto o‘zini otib tashlay olmaydi!”, deganini kenja o‘g‘li Vasiliy o‘z quloqlari bilan eshitgan

Nemis askari rus ayoli va uning farzandi bilan ovqatini bo‘lishmoqda, 1941-yil 

Qo‘lga tushgan rus josusi o‘limi oldidan kulmoqda

1942-yil. Ivangorod atrofi. Nemis bo‘linmalari kiyevlik yahudiylarni qatl qilmoqda. Suratda nemis askari qo‘lida bolasi bor ayolni otayotgani tasvirlagan

Gibraltar qoyalari, 1942-yil. Projektorlar nuri zenitchilarga fashist samolyotlarini urib tushirishga yordam bermoqda

Qizigan ognemyotdan tamakisini tutatayotgan nemis askari

1943-yil. Stalingrad jangining yakuni. Sovet askari “PPSh-41” avtomati bilan nemis asirini kuzatmoqda

1944-yilning 17-iyuli. Moskva ko‘chalari. O‘n minglab nemis asirlari. “Bagration” operatsiyasi butun urush davomidagi eng muvaffaqiyatli operatsiya hisoblanadi

1944-yil, Fransiya. Simona Seguin qarshilik harakatining 18 yoshli ishtirokchisi — laqabi Nikol Mine

1945-yil 9-mart. “Gitleryugend”ning yosh jangchisi Laubana va Silezi shaharlari mudofaasida ko‘rsatgan jasorati uchun “Temir xoch” bilan taqdirlanmoqda. Mukofotni Gebbels topshiryapti

1945-yil 17-aprel. Bergen-Belzen konsentratsion lagerining ozod etilishi. Britaniyalik askarlar SS xodimlarini ko‘milgan asirlarni kovlab olib, mashinaga ortishga majbur qilmoqda

1942-yil. Nemis askarlari konsentratsion lagerlar haqidagi filmni tomosha qilmoqda

O‘zbek dehqoni urush vaqtida

O‘zbekistondagi harbiy gospital 

Gvardiya polkovnigi M.Uzoqov (o‘rtada, telpak kiygan) safdoshlari bilan birga qo‘lga olingan Reyxstag fonida, 1945-yil may 

Nemis askarlari Moskva jangi vaqtida taslim bo‘lmoqda. 1941—1942-yillarning qishi

142-qiruvchi aviapolk uchuvchilari dam olish vaqtida 

Afsonaviy snayper katta serjant Semyon Nomokonov (1900—1973-yillar) xizmatdoshlari bilan birga. Nomokonov dushman tomonining 367 nafar askar va ofitserlarini, xususan, bir nafar nemis generalini o‘ldirgan

Sovet tankchilari o‘zlarining T-34 tanki panasida tushlik qilmoqda 

AQSh armiyasining shifokori jarohat olgan nemis askariga yordam ko‘rsatmoqda. 1943-yil, iyul

Sovet artilleriyachisi “ZiS-3” orqali piyodalar hujumini kuzatmoqda

Sovet harbiy asirlari “Shtalag XVIII A” konsentratsion lagerining simto‘siqlari qarshisida 

Sovet askari jarohat olgan xizmatdoshiga yordam ko‘rsatmoqda

Sovet askari jangovar holatda xandaq ichida soqol olyapti

Asirlardan iborat orkestr Ynovsk konslagerida “O‘lim tangosi”ni ijro etmoqda

Halok bo‘lgan nemis askarining ustidagi qarg‘a

Buxarest aholisi Sovet askarlarini qarshi olmoqda 

Leningrad blokadasi yorib o‘tilgani munosabati bilan “Kirov” yengil kreyseri mushakbozlik uyushtirmoqda 

Nemis harbiy asirlari Niderlandiyada ovqat uchun navbat kutmoqda, 1944-yil

Kanadalik harbiylar Fruzoyte shahridagi asirlikda saqlangan Sovet harbiylari ozod etilishi munosabati bilan ularni dezinfeksiya qilmoqda, 1945-yil, aprel

Sovet artilleriyachilari snaryadlarga “Gitler uchun”, “Berlinga” “Reyxstag bo‘ylab” yozuvlarini tushirmoqda. Germaniya, 1945-yil, 1-may

Amerikalik askarlar tomonidan topilgan nikoh uzuklari, 1945-yil 5-may

Drezden aholisi ittifoqchilar tomonidan amalga oshirilgan bombardimon hujumlardan so‘ng, 1945-yil 13—15-fevral

“Qizil yulduz” gazetasi muxbiri Vasil Grossman, 1945-yil mart

Berlin egallanganining birinchi kuni. Sovet askarlari tinch aholi bilan muloqot qilmoqda, 1945-yil

Kiyevda 1945-yil 1-may kuni o‘tkazilgan paraddagi avtokolonna

Vermaxt generali Anton Dostler qatl etilishidan oldin ustunga bog‘lanmoqda. Italiya, 1945-yil 1-dekabr

Bergen-Belzen konslageri qo‘riqchisi mahbusning jasadini umumiy qabrga olib ketmoqda, 1945-yil aprel 

Buxanvalddagi konslager asirlari ozod etilganidan so‘ng, 1945-yil 16-aprel 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill “Short Stirling” bombardimonchisini tomosha qilmoqda, 1941-yil 6-iyun

SSSR marshallari Georgiy Jukov va Konstantin Rokossovskiy, general-feldmarshal Bernard Montgomeri (markazda). Berlin, 1945-yilning iyul oyi

Bergen-Belzen konslagerida bolalar va ayollarga mo‘ljallangan xona, 1945-yil aprel 

Buxenvaldda joylashgan konslagerning asirlaridan biri 

Asirga tushgan nemis qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari Berlin yaqinida. Ularning ortida asirga olingan nemis askarlari turibdi 

Saninstruktor Valya Gribkova jang maydonida jarohat olgan askarni evakuatsiya qilmoqda 

Ayollar Moskva zavodida minalar tayyorlamoqda, 1942-yil

Qizil armiyaning ko‘ngilli snayperchi qizlar guruhi

Ayollar Donbassda tankka qarshi xandaqlar qazimoqda, 1941-yil

Partizanlar otryadida, Ukraina

Hamshira jarohat olgan askar nomidan xat yozmoqda, Boltiqbo‘yi fronti

Otishga hukm qilingan Shyaulyay shahridagi yahudiylar

Nemislar tomonidan ota-onasi o‘ldirilgan Fey Shulman Sovet partizanlari bilan o‘rmonda

Asirga olingan Qizil armiya harbiylari

Kiyev ko‘chalarida o‘ldirilgan Sovet harbiy asirlari 

Nemis qo‘rqichisi o‘z itiga “tirik o‘yinchoq”ni ermak qildirmoqda 

Asirga tushgan general-leytenant A. Vlasov, 1942-yil

Sovet asirlari nemis ofitserlari bilan Germaniyada. Portlamagan aviabombalarni zararsizlantirish jarayoni

AQSh armiyasi shifokori sil bilan kasallangan Sovet ishchisini ko‘zdan kechirmoqda, 1945-yil aprel

Osvensim konslageridan ozod qilingan bolalar, 1945-yil yanvar

Leningradda asirga tushgan nemis askarlari, 1942-yil 

Nemis harbiy asirlari Maydanekdagi konslagerga kuzatilmoqda

15 yoshli nemis zenitchisi — Gans-Georg Xenke AQSh armiyasi tomonidan Gissen shahrida asirga olingan vaqtda

Adolf Gitler “Gitleryugend”ning yosh a’zolarini taqdirlamoqda

Ozod etilgan Berlindagi yo‘l ko‘ratkich

Berlin ko‘chalarida tashlab ketilgan qurollarni o‘ynayotgan nemis bolalari 

Ittifoq qo‘shinlarining G‘alaba paradi, 1945-yil 7-sentabr. Marshal Jukov qo‘shinni ko‘zdan kechirmoqda

Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning ramziga aylangan bayroq. Sovet askari Reyxstagga qizil bayroqni o‘rnatmoqda — keyinchalik u G‘alaba bayrog‘i deya atala boshlangan.

Askarlar Berlin aholisiga ovqat tarqatmoqda, 1945-yil

Germaniya qurolli kuchlarining so‘zsiz taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi aktni imzolash paytida Sovet delegatsiyasining umumiy surati. O‘rtada marshal Jukov, 1945-yil 8-may

Berlindagi G‘alaba monumenti, 1945-yil iyul



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют