» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni ming kishidan oshdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni ming kishidan oshdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1000 kishidan oshdi, deb xabar bermoqda Kloop.

Qayd etilishicha, 10-may kuni yana 71 kishida koronavirus qayd etilgan. Ularning 55 nafari yaqinda Rossiyaning Sol-Iletsk shahridan kelib, shifokorlar nazoratida bo‘lgan qirg‘izistonliklardir.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning ayrimlari koronavirusning xavfliligini tushunmay shifokorlar bilan ziddiyatga borgani va nazorat hududidan qochib ketishga uringanidan shikoyat qilgan.

Bir kun avval Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 931 kishini tashkil qilgan edi. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1002 kishiga yetgan bo‘lib, ularning 232 nafari tibbiyot xodimlaridir. Bemorlarning 675 nafari sog‘aygan, 12 nafari vafot etgan.

Ayni paytda kasalxonalarda 260 kishi davolanmoqda, ularning 4 nafari og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.

Mazvuga doir: Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 mln kishidan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют