» » Uxanda bir sutkada yana 5 kishida koronavirus aniqlandi

Uxanda bir sutkada yana 5 kishida koronavirus aniqlandi


Koronavirus episentriga aylangan Xitoyning Uxan shahrida so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 5 ta yangi holat aniqlandi. Bu haqda Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Uxanda 4-apreldan buyon yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan edi. 26-aprel kuni esa mahalliy hukumat shaharda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmaganini ma’lum qilgandi.

10-may kuni esa 1 kishida koronavirus qayd etildi. Shunday qilib, ayni paytda 6 kishi koronavirusga chalingan.

Butun epidemiya davri davomida Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 68 134 ta holat (shunday 50 339 nafari Uxanda) qayd etilgan. Bemorlarning 63 616 nafari sog‘aygan, 4 512 nafari vafot etgan.

Xitoyda umumiy hisobda so‘nggi sutka davomida 17 ta kasallanish holati aniqlandi. Vafot etganlar qayd etilmadi.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyada bir oylik pasayishlardan so‘ng koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют