» » Toni Fergyuson Jastin Getjiga qarshi jangdan so‘ng shifoxonaga olib ketilgani ma’lum bo‘ldi

Toni Fergyuson Jastin Getjiga qarshi jangdan so‘ng shifoxonaga olib ketilgani ma’lum bo‘ldi


UFC o‘zining navbatdagi musobaqasini 10-may, yakshanba kuni (Toshkent vaqti bilan) o‘tkazdi.

UFC 249 musobaqasining asosiy jangi yengil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik maqomi uchun kechib, unda Toni Fergyuson hamda Jastin Getji o‘zaro kurash olib bordi. 5-raundga kelib, Getji Fergyusonni nokautga uchratdi.

Toni peshona, yuz va burnidan jarohat olgani sabab shifoxonaga olib ketilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning ahvoli hozirda ancha yaxshi.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson UFC 249 musobaqasida aslida Habib Nurmagomedov bilan jang qilishi lozim edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab 18-aprel kuni o‘tishi kerak bo‘lgan jang bekor qilindi. Shundan so‘ng UFC Toni Fergyusonga Getjini raqib sifatida ro‘baro qildi.

UFC 249’ning barcha janglarini tomosha qiling

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют