» » Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun charter reyslarga qanday ro‘yxatdan o‘tish haqida ma’lumot berildi

Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun charter reyslarga qanday ro‘yxatdan o‘tish haqida ma’lumot berildi


Huquqshunos Botirjon Shermuhammad pandemiya sababli chegaralar noma’lum muddatga yopilishi ortidan Rossiyada qiyin vaziyatda qolayotgan o‘zbekistonliklar qanday qilib mamlakatga qaytishi mumkinligi borasidagi savollarga javob berdi, deb xabar qiladi “Kun.uz”.

Huquqshunosning so‘zlariga ko‘ra, dastlab butun dunyoda amal qilayotgan karantin tartibi va Rossiyadagi o‘zbekistonliklar soni ko‘pligini inobatga olganda bu unchalik oson emas. Unga ko‘ra, Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari avvalo charter reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z navbatini kutishi kerak. Charter reys tashkil qilinganda elchixona xodimlari navbat bo‘yicha har bir fuqaro bilan bog‘lanadi.

Charter reyslarda eng avval bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi.

Ta’kidlanishicha, fuqarolar uch xil tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:

1. Charter reyslarga ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirish orqali;

2. O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalari tomonidan tashkil qilingan quyidagi Telegram manzillariga ma’lumot yuborish orqali:

3. O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalariga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanish orqali:

Call-markaz:

Konsullikning tezkor shtab raqamlari:

“Qayd etish kerakki, salkam ikki oydan buyon vatanga qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun tashkil etiladigan charter reyslar jadvali haqida ma’lumot berilmay kelinmoqda”, — deyiladi xabarda.

7-may kungi videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlar “imkoniyatga qarab, baribir olib kelinishi kerak”ligini aytgan edi. “Ular orasida ancha qiynalganlari bor. 11 mingga yaqini ancha qiynalgan. Reja qilib, birinchi navbatda ularni olib kelish bo‘yicha choralar ko‘ryapmiz”, – degandi davlat rahbari.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 30-iyungacha bo‘lgan muddatdagi parvozlar uchun chipta sotishni to‘xtatgan. Tashqi ishlar vazirligi charter reyslarni tashkil etish masalasini Maxsus komissiya hal etishini bildirgan.

Avvalroq xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan va vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati tuzilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkentdan Moskvaga bortida 174 nafar rossiyalik bo‘lgan reys uchib ketdi

Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni Belarusdan 150 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Toshkentga olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют