» » Qozog‘istonda parvozlar uchun koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma so‘ralmaydigan bo‘ldi

Qozog‘istonda parvozlar uchun koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma so‘ralmaydigan bo‘ldi


Qozog‘istonda samolyotga chiqishdan oldin COVID-19’ga PZR tahlil (Polimeraza zanjiri reaksiyasi) topshirish majburiyati to‘g‘risidagi talab bekor qilindi. Bu haqda mamlakat bosh sanitar shifokori Sadvakas Baygabulovga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Baygabulovning ma’lum qilishicha, 1-maydan 10-mayga qadar uchib kelgan aviayo‘lovchilar, aeroport xodimlari va samolyot ekipaji a’zolari orasida o‘tkazilgan monitoringga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmagan.

“Shu munosabat bilan 11-maydan boshlab yo‘lovchilar, aeroport xizmati xodimlari va ekipaj a’zolarining COVID-19’ga PZR tahlil topshirishi to‘g‘risidagi talab bekor qilindi”, — deydi bosh sanitar. Ta’kidlanishicha, bu boradagi tegishli qaror qabul qilib bo‘lingan.

Sanitar-karantin talablari — ijtimoiy masofalanish, anketa to‘ldirish, niqob rejimi, kuzatuvchilarni terminal binosiga kiritmaslik, kontaktsiz tana haroratini o‘lchash va shu turdagi boshqa cheklovlar o‘z kuchida qoladi.

Yuqori tana harorati yoki kasallikning boshqa belgilari aniqlangan fuqarolar aeroport binosiga kiritilmaydi va o‘z navbatida havo kemasi bortiga chiqarilmaydi. Ushbu aviayo‘lovchilar izolyatsiyalanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nafar yo‘lovchida COVID-19 tahlil natijalari ijobiy chiqqani sabab aviareysga qo‘yilmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5126 kishiga yetgan, 1941 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 oqibatida 31 kishi vafot etgan. Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilgan edi. 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov kelgusida xorijga chiqishda koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnoma berilmasligini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют