» » O‘zbekistonda vazirlarning oylik mukofot puli tashkilotda АКТни qo‘llash darajasiga qarab belgilanadi

O‘zbekistonda vazirlarning oylik mukofot puli tashkilotda АКТни qo‘llash darajasiga qarab belgilanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may, dushanba kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Prezident vazirlik va idoralarda axborot texnologiyalarini qo‘llash darajasiga qarab undagi rahbarlarning oylik mukofot pulini oshirish yoki kamaytirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga davlat idoralari ma’lumotlar bazasini tasniflab, ularni idoralararo integratsion platformaga ulash, elektron hamkorlikning yagona texnologik talablarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

Pandemiya ta’sirini inobatga olib, eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlarini tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Toshkent shahrida elektron tibbiyot kartasi, elektron shifoxona hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimlarini joriy etish, ijtimoiy nafaqalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ni 2020-yil yakuniga qadar ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Davlat soliq qo‘mitasiga savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini onlayn nazorat kassa mashinalariga o‘tkazish, alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash hamda elektron hisob-faktura tizimini joriy etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanishicha, kelgusi besh yilda sanoat korxonalarida axborot texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga tannarxni o‘rtacha 13-15 foizga pasaytirish mumkin.

Transport vazirligiga temiryo‘llarda yuk tashish hamda Toshkent shahrida jamoat transporti xizmatlari to‘lovi uchun avtomatlashgan tizimlarni ishga tushirish, barcha transportlarga yagona elektron bilet joriy etishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mavzuga doir: ATK vazirligi Prezident qarori bilan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют