» » Xiaomi uxlashga xalaqit bermaydigan va ko‘zlarni asrovchi noyob “aqlli” lampani taqdim etdi

Xiaomi uxlashga xalaqit bermaydigan va ko‘zlarni asrovchi noyob “aqlli” lampani taqdim etdi


Xiaomi kompaniyasi o‘zining firma platformasida Midian Bedside Lamp nomli lampani taqdim etdi. U ko‘k rangli nurlanishi nolga teng dunyodagi birinchi tungi lampa sifatida ilgari surilmoqda, deb xabar beradi GizmoChina.

Midian Bedside Lamp ushbu loyihaga hissa qo‘shuvchilar uchun 28 dollardan taklif etilmoqda, chakana savdodagi narxi esa 46 dollarga teng. Lampalarni yetkazib berish ishlarini 2020-yil 14-iyundan boshlash rejalashtirilgan.

Ko‘k rangning nurlanishi kam bo‘lgan mahsulotlar an’anaviy tarzda ko‘zlarga zarar yetkazmaydigan, shuningdek, maroqli uyquni ta’minlaydigan vosita sifatida taqdim etiladi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, lampa ko‘k rangni kamaytiruvchi filtrga ega boshqa mahsulotlardan farq qiladi. Buning o‘rniga, lampa avval boshidan ko‘k rangni nurlantirmaydi.

Midian Bedside Lamp’da yorug‘lik manbayi sifatida sariq va qizil yorug‘lik diodlardan foydalaniladi. Yoruqlik harorati 1800 Kelvinga teng. Ta’kidlanishicha, loyihani yaratishga Xitoydagi Nanchan universiteti Fanlar akademiyasi hissa qo‘shgan.

“Nol ko‘k” rejimida quvvat 2 vattni tashkil etadi. Biroq ko‘k rang qo‘rqinchli bo‘lmasa, yana 0,5 vattli 12 ta yorug‘lik diodi ham mavjud.

Midian Bedside Lamp “aqlli” mahsulot bo‘lib, MIJIA ilovasi orqali ishlay oladi. Mobil ilovada bir necha funksiyalar bo‘lib, kunlik budilnik, shuningdek, fon uchun yoqimli musiqa qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, u XiaoAI ovozli yordamchisini qo‘llab-quvvatlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют