» » JSST koronavirusga chalinganlarning aksariyatida kasallik og‘ir kechayotganini ma’lum qildi

JSST koronavirusga chalinganlarning aksariyatida kasallik og‘ir kechayotganini ma’lum qildi


Koronavirus bo‘yicha epidemiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, koronavirusga chalinganlarning aksariyatida kasallik og‘ir shaklda kechmoqda. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Maykl Rayan ma’lum qildi.

Uning aytishicha, koronavirusga chalinganlar orasida kasallikka chidamsiz bo‘lgan odamlar ko‘p. Shuningdek, kasalxonaga yotqizilganlarning aksariyati og‘ir ahvolda ekanligini ta’kidlagan.

May oyi boshlarida JSST kasallikning og‘ir o‘tishiga chekish sabab bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Tashkilot chekuvchilar orasida COVID-19 bilan kasallanish holatlarining kamligi haqidagi savolga izoh berib, tamaki mahsulotlarini chekish koronavirusdan himoya qilmasligini, aksincha koronavirusning og‘ir bosqichi boshlanishiga sharoit yaratishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Fors ko‘rfazi mamlakatlarida koronavirus sababli chilim chekish taqiqlandi

Rossiyalik tibbiyot fanlari doktori Galina Kojevnikova ham COVID-19 koronavirusining chekuvchi insonlar uchun o‘ta xavfli ekanligini, bu nafaqat sigaret, balki chilim, vayp chekuvchilarga ham taalluqli ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan, qurbonlar soni 286 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlar dunyoda 1,4 mln kishining sildan vafot etishiga olib kelishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют