» » Surxondaryoda Lacetti va motoroller to‘qnashdi. Motoroller haydovchisi vafot etdi

Surxondaryoda Lacetti va motoroller to‘qnashdi. Motoroller haydovchisi vafot etdi


Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 11-may kuni 16:30 da Lacetti va motoroller ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi xabar bermoqda.

Hodisa “Oqkamar” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-592 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yuz bergan. 36 yoshli A.R. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ushbu yo‘nalishdan kelayotgan 38 yoshli K.A. boshqaruvidagi motoroller bilan to‘qnashib YTH sodir etgan.

Oqibatda motoroller haydovchisi K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 4K-592 avtomobil yo‘lida 27-aprel va 8-may kuni ham odam o‘limi bilan yakunlangan YTHlar yuz bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют