» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda qancha hamshira qatnashayotgani ma’lum qilindi. 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni (foto)

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda qancha hamshira qatnashayotgani ma’lum qilindi. 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni (foto)


Har yili 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda nishonlanib, hamshiralarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, ona-bola parvarishi, shoshilinch va tez tibbiy xizmat, sanitariya-epidemiologiya, farmasevtika kabi qator sohalarida 300 ming nafardan ziyod o‘rta tibbiyot xodimlari, hamshiralar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, patronaj hamshiralari uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasini oshirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakatda rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani aholiga hamshiralik yordamini sifatli ko‘rsatish, bu yo‘nalishda jahon tibbiyotining eng ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Hozirda respublikada 5000 nafardan ortiq oliy ma’lumotli hamshira tibbiyotning turli bo‘g‘inlarida faoliyat yuritmoqda. Ularning orasidan olimalar ham yetishib chiqqan. Bundan tashqari, hamshiralik yordamini ko‘rsatishda yuqori natijalarga erishayotgan hamshiralarni moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etilgan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ayni kunlarda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda 50 ming nafardan ziyod hamshira ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun 15 million so‘m miqdorida (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

O‘zbekistonda 12-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 10 kishiga ko‘payib, 2519 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 2010 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют