» » 90 yoshli yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa geymer sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

90 yoshli yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa geymer sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi


90 yoshli yaponiyalik ayol Xamako Mori dunyodagi eng keksa geymer sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi Esquire.

Xamako Gamer Grandma taxallusi ostida YouTube kanalini yuritadi hamda u yerga turli o‘yinlarni o‘ynayotgani aks etgan videolarni joylaydi.

Ayolning yaxshi ko‘rgan o‘yinlari: Resident Evil 3, GTA 5, Call of Duty: Modern Warfare, Skyrim. Uning kanalini 186 ming kishi kuzatadi.

“GTA 5 o‘ynayotganingda to‘xtay olmaysan, xuddi film tomosha qilayotgandek”, — deydi Mori. Unga ushbu o‘yinning sujeti va grafikasi juda yoqadi, ayol uni zo‘r o‘yin, deb hisoblaydi. “Men bir kunda 7-8 soatlab o‘ynayman. Avval bundan ham ko‘proq o‘ynardim”, — deydi rekordchi ayol.

Ayol o‘z kolleksiyasida “Dendi”dagi Super Mario’dan tortib, zamonaviy o‘yinlargacha bo‘lgan turli davrlarning o‘yinlari borligini aytadi. Mori 38 yildan beri o‘yin o‘ynaydi.

“O‘yin o‘ynab o‘rganganimdan xursandman. Men haqiqatan ham hayotdan bahra olib yashamoqdaman”, — deydi Mori.

Mavzuga doir: Buvisining itlari bilan do‘stlashgan yaponiyalik qizcha Instagram’da mashhur bo‘lib ketdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют