» » Zarafshondagi sel oqibatida kamida 300 kishi evakuatsiya qilindi

Zarafshondagi sel oqibatida kamida 300 kishi evakuatsiya qilindi


Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 13-mayga o‘tar kechasi kuzatilgan sel toshqini oqibatida 300 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 13-mayga o‘tar kechasi 2:30 dan 4:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida (ikki soat davomida) kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan, buning natijasida sel kelishi yuz bergan.

“Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida to‘rt xonadon qisman zarar ko‘rgan. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi”, — deyiladi FVV axborotida.

Vazirlik matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, “o‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolingan”.

Avvalroq Zarafshon shahrida yashovchi aholi vakillari kuchli shamol bilan birga kechgan jala quyishi soat taxminan 1:00 da boshlanganini ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel keldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют