» » Samarqandda koronavirusga chalingan ikkinchi guruh nogironi vafot etdi. Bu COVID-19’ning O‘zbekistondagi 11-qurboni

Samarqandda koronavirusga chalingan ikkinchi guruh nogironi vafot etdi. Bu COVID-19’ning O‘zbekistondagi 11-qurboni


Samarqand viloyatining Toyloq tumanida istiqomat qilgan O‘. ismli bemor 9-may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli og‘irligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Qayd etishlaricha, u surunkali bo‘yrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Unga ikkinchi guruh nogironlik ham belgilangan.

U 28-aprelidan 5-mayigacha u yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli O‘zbekistondagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

“Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida. Bemorning yoshi ma’lum qilinmagan.

Bungacha

vafot etgani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют