» » AQShda koronavirusni aniqlash uchun 10 milliondan ortiq test o‘tkazildi

AQShda koronavirusni aniqlash uchun 10 milliondan ortiq test o‘tkazildi


Donald Tramp 14-may kuni Oq uyda o‘tkazilgan brifingda AQShda koronavirusni aniqlash uchun 10 milliondan ortiq test o‘tkazilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

“Biz mamlakatda 10 millionta test o‘tkazdik”, — deb ta’kidlagan prezident. Trampning aytishicha, bu boshqa ko‘plab davlatlarda o‘tkazilgan testlarning umumiy sonidan ikki baravar ko‘p. U aynan qaysi davlatlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan, biroq ularning ro‘yxati tuzilgan qog‘ozni ko‘rsatgan.

Xabarda aytilishicha, koronavirusni aniqlash uchun test o‘tkazish davom ettiriladi. Federal hukumat test o‘tkazilishini kengaytirish uchun shtatlarga 11 milliard dollar yuboradi. Bu mablag‘lar koronavirus tarqalishining iqtisodiy oqibatlarini yumshatish uchun 2 trillion dollar ajratilishi haqidagi qonun doirasida ajratiladi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1,37 million kishidan, kasallik oqibatida vafot etganlar soni esa 84 ming kishidan oshgan, bemorlarning 243 ming nafardan ortig‘i sog‘aygan. Mamlakat kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют