» » O‘zbekistonga qaytish uchun Samarada to‘plangan o‘zbekistonliklar uchun lager-observator tashkil etildi

O‘zbekistonga qaytish uchun Samarada to‘plangan o‘zbekistonliklar uchun lager-observator tashkil etildi


Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonga qaytish uchun chegaralarning ochilishini kutayotgan o‘zbekistonliklar orasida koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida ular uchun lager-observator tashkillashtirildi. Bu haqda viloyat ma’muriyatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Viloyat ma’muriyati ushbu fuqarolarning o‘zini izolyatsiyalashi masalasini hal qilish va koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida voqea joyida lager-observator tashkillashtirishiga to‘g‘ri keldi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari chegaralar ochilgani haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga tayanib, chegaraoldi hududiga kelgan.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida Qozog‘iston chegarasidan bir necha o‘n kilometr masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. Ushbu fuqarolar O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston hududi orqali yo‘lak yaratishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mavjud vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yuborganini bildirib, tegishli qaror qabul qilinguniga qadar chegara yaqinidagi fuqarolardan tinchlik saqlashni so‘ragan.

Mavzuga doir: Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)

Eslatib o‘tamiz, 7-may kungi videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlar “imkoniyatga qarab, baribir olib kelinishi kerak”ligini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют