» » Rossiya mudofaa vazirligi Tu-95 samolyotlariga Alyaska yaqinida AQSh qiruvchilari hamrohlik qilgani bilan bog‘liq tafsilotlarni oshkor etdi

Rossiya mudofaa vazirligi Tu-95 samolyotlariga Alyaska yaqinida AQSh qiruvchilari hamrohlik qilgani bilan bog‘liq tafsilotlarni oshkor etdi


Rossiya mudofaa vazirligi Amerikaning F-22 qiruvchilari Alyaska yaqinida Rossiyaning Tu-95MS strategik bombardimonchilariga qariyb yarim soat hamrohlik qilib borganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“2017-yil 17-aprel kuni Ukrainka aviabazasining ikkita Tu-95MS strategik bombardimonchisi havo patrulligi bo‘yicha topshiriqlarni muvaffaqiyat bilan bajardi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Rossiya samolyotlari parvozining yo‘nalishi Tinch okeanidagi neytral suvlar ustidan, Aleut orollari bo‘ylab o‘tgan. Bombardimonchilar 10 ming metr balandlikda soatiga 850 km tezlikda 5 ming kilometrga yaqin parvoz qilgan.

“Parvoz davomiyligi yetti soatdan oshiqni tashkil qildi. Alyaska hududida xalqaro suvlar ustida Tu-95MS samolyotlariga AQSh HHKning F-22 qiruvchilari 27 daqiqa hamrohlik qildi”, — deya aniqlik kiritdi vazirlik.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют