» » Namanganda urush faxriylariga avtomobillar topshirish boshlandi

Namanganda urush faxriylariga avtomobillar topshirish boshlandi


Namangan viloyatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni tantanali topshirish tadbirlari boshlandi. Bu haqda Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Yangiqo‘rg‘on tumanida ham 14 nafar urush faxriysiga mashinalarni imtiyozli xarid qilish imkonini beruvchi sertifikatlar berilgandi.

18-aprel, seshanba kuni tuman hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Vatanparvar” tashkiloti vakillari chekka “Poromon” qishlog‘ida istiqomat qilayotgan Muhammadibrohim ota Inomovga Lacetti avtomobilini topshirdi.

95 yoshga kirdim. Qirg‘inbarot urushdan eson-omon qaytganimning o‘zi asli Yaratganning katta marhamati bo‘lgandi. Bayram arafasidagi bunday yo‘qlovdan xursand bo‘ldim, shunday tashabbus ko‘rsatgan davlat rahbarini ko‘pdan-ko‘p duo qildim.

Muhammadibrohim ota

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 11) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют