» » Sardoba falokatida qabristondan jasad chiqib qolgani taxmin qilinmoqda. Yana bir qurbonning qachon vafot etgani noma’lum

Sardoba falokatida qabristondan jasad chiqib qolgani taxmin qilinmoqda. Yana bir qurbonning qachon vafot etgani noma’lum


Avvalroq Sardobadagi falokat oqibatida 6 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Mavlonovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, falokatning umumiy qurbonlari soni hozircha besh nafarni tashkil etmoqda, bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Qurbonlarning ikki nafari — er-xotin, ular toshqin vaqtida dalada bo‘lgan. Ularning ikkisi ham suvda oqib ketgan. Yana bir qurbon — qo‘l-oyog‘ida nogironligi bo‘lgan fuqaro. U uyida bir o‘zi qolib ketgan. Yana bir qurbon toshqindan bir kun avval Qozog‘istondan kelgan. Beshinchisi qurbon esa Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan. Bedarak yo‘qolgan fuqaro ham Milliy gvardiya xodimi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Farhod A. ismli fuqaroning jasadi topilgan. Uning jasadi suv toshqini yuz bergan kuni topilgan. Mazkur fuqaro kasallikdan aziyat chekayotgan bo‘lgan. Uning jasadi Jizzax viloyatiga olib borilib, dafn qilingan. Uning suv toshqini oqibatida vafot etgan-etmagani yuzasidan surishtiruv masalalari ketmoqda. U aniq suv toshqini oqibatida vafot etgani hozircha noma’lum, u toshqingacha vafot etgan bo‘lishi mumkin. Bu qurbon bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilmoqda. Uning haqiqatan ham suv toshqini oqibatida vafot etgani aniqlansa, u ham toshqin qurbonlari ro‘yxatiga qo‘shiladi.

Shuningdek, qabristonlar talafot ko‘rgani natijasida yana bir jasad chiqqan. U qabristondan chiqib qolgan. O‘tkazilgan ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, uning vafot etganiga eng kami bir yil, eng ko‘pi bilan besh yil bo‘lgan.

Toshqin oqibatida 152 kishi turli darajada tan jarohati olgan, biroq ular orasida og‘ir va o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan,

Mavzuga doir: Bosh prokuratura: “Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasi ko‘rib chiqilmoqda”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют