» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5850 kishiga, Qirg‘izistonda esa 1117 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5850 kishiga, Qirg‘izistonda esa 1117 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 161 ta holat qayd etildi. Bu haqda davlat komissiyasi tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 5 850 kishida koronavirus aniqlangan, 34 kishi virus qurboniga aylangan, 2 707 nafar bemor sog‘aygan.

Kasallanish bo‘yicha eng ko‘p — 1 119 ta holat mamlakat poytaxti Nur-Sultonda qayd etilgan. So‘nggi sutkada mamlakat bo‘yicha aniqlangan kasallanishlarning eng ko‘pi — 26 ta holat ham aynan shu shaharga to‘g‘ri kelmoqda.

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 15-may kuni 118 nafarga, 14-may kuni 154 nafarga oshgandi.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda karantin cheklovlarini yengillashtirish boshlandi

Qirg‘izistonda esa koronavirusga chalinganlar so‘nggi bir sutka ichida 6 kishiga oshib, 1 117 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Kloop”.

Qayd etilishicha, jami kasallanganlarning 248 nafari tibbiyot xodimi bo‘lib, ayni paytda ularning 200 nafari sog‘aygan. Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 38 nafar bemor koronavirusdan tuzalgan, vafot etish holatlari qayd etilmagan.

Shunday qilib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 1117 kishiga yetdi, bemorlarning 783 nafari tuzaldi, 14 nafari vafot etdi.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,5 milliondan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют