» » Bundesliga. “Borussiya D” o‘z uyida “Shalke-04”ga javobsiz 4 ta gol urdi, “Leypsig” esa ochko yo‘qotdi

Bundesliga. “Borussiya D” o‘z uyida “Shalke-04”ga javobsiz 4 ta gol urdi, “Leypsig” esa ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 16-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Dortmundning “Borussiya”si o‘z maydonida “Shalke-04”ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda Rafael Gerreyru dubl qayd etdi. Erling Holand va Torgan Azar ham bahsni golsiz tark etmadi. Mazkur g‘alabadan keyin dortmundliklar ochkolarini 54 taga yetkazib olgan holda peshqadam “Bavariya” (55) bilan farqni bir ochkogacha qisqartirdi.

Parallel kechgan bahsda “Leypsig” o‘zida “Frayburg”ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar 34-daqiqada oldinga o‘tib oldi. 77-daqiqada Yusuf Poulsen hisobni tenglashtirishga erishdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “buqalar” Bundesligadagi omadsiz seriyani davom ettirdi.

Bundesliga

26-tur bahslari

16-may, shanba

Gollar: 1:0 – 29 Holand, 2:0 – 45 Gerreyru, 3:0 – 48 Azar, 4:0 – 63 Gerreyru.

“Borussiya D”: Byurki, Pishchek, Hummels, Akanji, Hakimi, Dileyni (Balerdi, 68), Gerreyru (Shmelser, 87), Brandt, Daud (Gyotse, 87), Azar (Sancho, 79), Holand.

“Shalke-04”: Shubert, Sane, Nastasich, Kenni (Bekker, 87), Ochipka, Harit, Kalidjuri (Miranda, 76), Serdar (Shopf, 74), Makkenni, Raman (Matondo, 46), Todibo (Burgshtaller, 46).

Ogohlantirishlar: Sane (49), Dileyni (53), Pishchek (73), Matondo (86).

Gollar: 0:1 – 34 Gulde, 1:1 – 77 Poulsen.

Gollar: 0:1 – 58, avtogol Akpoguma, 0:2 – 60 Ibishevich, 0:3 – 74 Mateus Kunya.

Gollar: 0:1 – 43 Shteffen, 1:1 – 54 Yedvay, 1:2 – 90 Ginchek.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют