» » Bundesliga. “Borussiya D” safarda g‘alaba qozondi, Holand yana gol urdi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” safarda g‘alaba qozondi, Holand yana gol urdi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 23-turi doirasida 22-fevral, shanba kuni bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Dortmundning “Borussiya”si safarda “Verder” bilan bahs yuritdi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 52-daqiqada Dan-Aksel Zagadu “arilar”ni oldinga olib chiqdi. 66-daqiqada esa Erling Holand mehmonlarning ikkinchi golini urdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Borussiya” ochkolarini 45 taga yetkazib olgan holda bitta zaxira o‘yini mavjud “Leypsig”ga yetib oldi.

Shuningdek, “Kyoln” Berlinda “Herta” darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi. Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasi 92-daqiqada gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Bundesliga

23-tur bahslari

22-fevral, shanba

Gollar: 0:1 — 52 Zagadu, 0:2 — 66 Holand.

Gollar: 0:1 — 37 Hoffmann, 0:2 — 61 Tommi.

Gollar: 0:1 — 4 Kordoba, 0:2 — 22 Kordoba, 0:3 — 37 Kayns, 0:4 — 62 Kayns, 0:5 — 69 Ut.

Gollar: 1:0 — 11 Ginter, 1:1 — 90+2 Lukas Ribeyro.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют