» » “Borussiya D” safarda “Kyoln” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

“Borussiya D” safarda “Kyoln” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi


23-avgust, juma kuni Germaniya chempionatining 2-turi start oldi.

Dortmundning “Borussiya” klubi “Kyoln” maydoniga safar qildi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlab mezbonlar 29-daqiqada Dominik Drekslerning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga mehmonlar ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib javob berdi: Jeydon Sancho 70-daqiqada o‘zining kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.

86-daqiqada Ashraf Hakimi “arilar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Pako Alkaser jamoasining qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘yindagi so‘nggi golni urdi.

Shu tariqa, dortmundliklar ketma-ket ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Bundesliga

23-avgust, juma

Gollar: 1:0 – 29 Dreksler, 1:1 – 70 Sancho, 1:2 – 86 Hakimi, 1:3 – 90+4 Pako Alkaser.

“Kyoln”: Horn, Ehizibue, Bornauv, Chihos, Hektor, Shindler (Kayns, 74), Verstrate, Skiri, Dreksler, Kordoba (Terodde, 55), Modest (Heger, 81).

“Borussiya D”: Byurki, Pishchek, Akanji, Hummels, Shults (Hakimi, 62), Vaygl (Brandt, 62), Vitsel, Sancho, Roys, Azar (Bruun Larsen, 85), Pako Alkaser.

Ogohlantirishlar: Verstrate (45), Pishchek (58), Ehizibue (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют