» » Bundesliga. “Borussiya Dortmund” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Bundesliga. “Borussiya Dortmund” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 30-turida musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” jamoasi mehmonda “Frayburg”ga qarshi maydonga tushdi.

Bahsda dortmundliklar a’zolari Jeydon Sancho (12), Marko Roys (54), Mario Gyotse (79) va Pako Alkaser (87, penalti) urgan gollar “Borussiya Dortmund”ga g‘alaba keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (3:0).

Mazkur uchrashuvdan so‘ng Dortmund klubi ochkolari sonini 69 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Musobaqa yetakchisi “Bavariya”da esa 70 ochko mavjud.

Bundesliga

30-tur bahsi

21-aprel, yakshanba

Gollar: 0:1 — 12 Sancho, 0:2 — 54 Roys, 0:3 — 79 Gyotse, 0:4 — 87 Alkaser

“Frayburg”: Shvolov, Shtensel, Shlotterbek, Haynts, Gyunter, Xyofler, Frans (Gondorf, 70), Xaberer (Terrasino, 87), Grifo, Niderlexner (Daferner, 66), Valdshmidt

“Borussiya D”: Byurki, Volf (Toprak, 56), Vaygl, Akanji, Diallo, Vitsel, Delaney, Sancho, Roys, Gerreyru (Pulishich, 71), Gyotse (Alkaser, 80)

Ogohlantirishlar: Xaberer (59), Shtensel (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют