» » Bundesliga. “Borussiya D” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Bayer”ga mag‘lub bo‘ldi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Bayer”ga mag‘lub bo‘ldi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan 8-fevral, shanba kuniga bahslar o‘z yakuniga yetdi.

Dortmundning “Borussiya” jamoasi safarda “Bayer”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limning o‘zida jamoalar ikkitadan gol almashdi: mezbonlar safida Kevin Folland dublga erishgan bo‘lsa, dortmundliklarning gollariga Mats Hummels va Emre Jan muallif bo‘ldi.

65-daqiqada Rafael Gerreyru mehmonlarning uchinchi golini urdi. So‘nggi o‘n daqiqalik avvalida “Bayer” ikki daqiqa ichida ikkita to‘p kiritgan holda g‘alabani raqibidan tortib oldi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Bayer” ochkolarini 37 taga yetkazib olgan 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Borussiya D” esa 39 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.

Bundesliga

21-tur bahslari

8-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 63 Kutuju, 1:1 — 81 Gyasula.

Gol: 1:0 — 40, penalti Valdshmidt.

Gollar: 0:1 — 17 Kvayson, 0:2 — 82 Kvayson, 1:2 — 84 Boyata, 1:3 — 90, penalti Kvayson.

Gollar: 0:1 — 52 Byulter, 0:2 — 72 Byulter.

Gollar: 0:1 — 13 Simmermann, 1:1 — 50 Shteffen.

Gollar: 1:0 — 20 Folland, 1:1 — 22 Hummels, 1:2 — 33 Jan, 2:2 — 43 Folland, 2:3 — 64 Gerreyru, 3:3 — 81 Beyli, 4:3 — 82 Bender.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют