» » JSST koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘lim darajasini yakuniy baholash shartlarini ma’lum qildi

JSST koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘lim darajasini yakuniy baholash shartlarini ma’lum qildi


Ko‘plab kasalliklarga nisbatan o‘lim darajasi ko‘rsatkichini baholash murakkab masala hisoblanadi va bu COVID-19 koronavirus infeksiyasiga ham taalluqli. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakolatxonasiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“COVID-19’dan vafot etish holatlari va yakuniy o‘lim ko‘rsatkichlarini baholash uchun o‘lim haqidagi global ma’lumotlar ko‘proq o‘rganilishini kutish kerak”, — deyiladi JSST xabarida.

“Umuman olganda ko‘plab kasalliklar borasida o‘lim ko‘rsatkichini baholash murakkab vazifa hisoblanadi. Masalan, JSST qo‘shimcha o‘lim holatlarini baholashda grippga oid bo‘lgan global hisobotlarni modellashtirishdan foydalanadi. Bu gripp oqibatida vafot etayotgan har bir inson virus uchun testdan o‘tkazilmagani bilan bog‘liq”, — deya ma’lum qiladi JSST.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu kabi izohni Bloomberg’da “Ekpertlar savol bermoqda, nima uchun koronavirus ko‘plab rossiyaliklarni o‘ldirmadi?” sarlavhasi ostida chop etilgan maqolaga nisbatan bildirgan.

Bloomberg maqolasida keltirilishicha, COVID-19 oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim darajasi Rossiyada 0,9 foizni tashkil etmoqda — bu kasallikka chalinganlar soni ko‘p bo‘lgan davlatlar orasida eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Maqolada ta’kidlanishicha, JSST Rossiya hukumati bilan koronavirus oqibatida yuzaga kelgan o‘lim holatlarining rasmiy statistikasi bo‘yicha “muzokalar” olib bormoqda.

Avvalroq The New York Times Moskva va Rossiyaning boshqa hududlarida koronavirus oqibatida vafot etayotganlar soni rasmiy statistikadan ko‘p bo‘lishi mumkinligi haqida maqola chop etgan. Xususan, gazeta mustaqil demograf Aleksey Rashkinning so‘zlarini keltirib o‘tgan. Rashkin Moskvada koronavirus qurbonlarining qariyb 70 foizi ro‘yxatga olinmayotgani, Rossiyaning boshqa mintaqalarida ushbu ko‘rsatkich 80 foizga tengligini ma’lum qilgan.

Mavuzga doir:

16-may holatiga ko‘ra, Rossiyada (85 ta federal hududda) SARS-CoV-2 koronavirusi infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 262 843 nafarga yetgan, virus qurbonlarining umumiy soni esa 2400 kishidan oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют