» » Olimlar Marsda yashash uchun eng maqbul joyni topdi

Olimlar Marsda yashash uchun eng maqbul joyni topdi


AQSh Planetar tadqiqotlar markazi olimlari Mars sayyorasida koloniyachilar uchun keng, issiq, eng muhimi — meteorit va radiatsiyalardan himoyalangan boshpana qurish mumkin bo‘lgan hududni topdi, deb xabar beradi Life Science.

Ekspertlarning ogohlantirishicha, koloniyachilar hayot uchun muntazam xavf tug‘diradigan sharoitda ishlashiga to‘g‘ri keladi. NASA suv, oziq-ovqat va kislorodga bog‘liq muammoni yechishni o‘rganib olgan bo‘lsa-da, radiatsiya — qiyin masala. Undan turar joy modullarini to‘liq himoya qilish oson emas.

Xavfsiz boshpana yaratish bo‘yicha yangi tadqiqot mualliflari Marsning o‘ziga xos landshaftidan foydalanishni taklif etmoqda, ya’ni sayyoraning eng chuqur vodiysi — Ellada tekkisligida koloniya qurishni.

“Uning bir qator afzalliklari bor. Birinchidan, zich atmosfera qatlami sabab radiatsiya darajasining nisbatan kamligi — tepaliklarga qaraganda 50 foizga kam. Ikkinchidan, tekkislikning shimoli-sharqida Adriatika tog‘i joylashgan — so‘ngan vulqonning notekis qotib qolgan lavalaridan hosil bo‘lgan ko‘plab bo‘shliqlarga mavjud”, — deya aniqlik kiritadi olimlar.

Olimlarning hisoblashicha, ushbu teshiklar ichida yashash orqali koloniyada yashovchilar kuniga 61,64 mk3v/kun qabul qiladi, bu tishni bir kunda bir necha bor rentgenga tushirishdek gap. Bu esa tekislik yuzasidagidan 5 barobarga kam.

“Shuningdek, ular mikrometeoritlardan, harorat o‘zgarishi va Mars changidagi potensial xavfli moddalardan himoya qiladi”, — deydi olimlar.

Mavzuga doir: Olimlar Marsdan Yerga tushishi mumkin bo‘lgan viruslardan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют