» » Tojikistonda selni videoga olayotgan otaxon ko‘chki qurboni bo‘ldi

Tojikistonda selni videoga olayotgan otaxon ko‘chki qurboni bo‘ldi


Tojikistonning Xuroson tumanida yashovchi 65 yoshli erkak ko‘chki qurboni bo‘ldi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, otaxon 15-may kuni o‘z qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan selni telefonida videoga olayotgan bo‘lgan. Kuchli yomg‘ir ta’sirida u joylashgan tepalik ham ko‘chgan va u 30 metrlik loy ostida qolgan.

Qidiruv ishlari hozircha hech qanday natija bermagan.

Xabarda aytilishicha, sel tumandagi qo‘shni qishloqlarda ham mahalliy aholi uylariga zarar yetkazgan. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida 55 yoshli cho‘pon sel vaqtida halok bo‘lgan.

17-may kuni tabiiy ofatdan jabrlangan Xuroson tumani aholisi Boxtar-Dushanbe yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Dushanbe-Boxtar yo‘nalishida qatnovchi haydovchining aytishicha, aholi viloyat hokimligidan ularning muammosiga zudlik bilan e’tibor qaratishni va seldan zarar yetgan uylarni qayta tiklashga yordam berishlarini talab qilib qariyb 1 soat davomida yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Xursonda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilayotganini bildirgan.

Avvalroq Turkmanobodda hukumat dovul oqibatlarini ikki haftadan beri bartaraf etmayotgani tufayli mingga yaqin aholi norozilik namoyishiga chiqqani xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda ham kuchli yog‘ingarchilik oqibatida bir necha viloyatlarda sel kuzatildi. Xususan, Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan sel natijasida Samarqand—Qarshi yo‘lini suv bosdi. Qashqadaryoning Chiroqchi tumaniga kelgan sel 32 ta xonadonga talafot yetkazdi. Navoiy viloyatining Zarafshon shahriga yarim tunda sel kelishi oqibatida kamida 300 kishi evakuatsiya qilindi. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida bir necha mahallalarda yomg‘ir suvlari to‘planib, bir necha xonadonga suv kirdi.

Shuningdek, Surxondaryoda ham yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi sababli 900 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan, Bo‘stonliq tumanida ham sel kuzatilib, uning oqibatlarini bartaraf etishga 14 ta maxsus texnika jalb etilgani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют