» » Toshkentdagi 62-sonli oilaviy poliklinika karantinga yopildi

Toshkentdagi 62-sonli oilaviy poliklinika karantinga yopildi


Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinika Beeline kompaniyasining karantindagi xodimi mazkur poliklinikaga tashrif buyurgani sababli karantinga yopilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov 18-may kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinika Beeline kompaniyasida ishlaydigan karantindagi xodim poliklinikaga kelgani sababli yopilgan”, — deb ma’lum qildi Nurmat Otabekov.

Xabar berilishicha, o‘sha kuni smenada bo‘lgan 11 nafar shifokor Yuqori Chirchiq tumani va O‘rtasaroy aholi yashash punktidagi karantin zonasiga yuborilgan. Qolgan xodimlar uy sharoitida karantinga olingan.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozircha 62-sonli oilaviy poliklinikaning karantinga olingan xodimlarining birortasida ham koronavirus aniqlanmagan, ular faqatgina Beeline xodimi bilan muloqotda bo‘lgani sababli 14 kun davomida karantin sharoitida tibbiy nazorat ostida bo‘ladi.

Avvalroq Beeline kompaniyasining 91 nafar xodimi karantinga olingani va uning sababi ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganidan buyon Toshkent shahridagi bir qator tibbiyot muassasalari karantinga yopildi. Ular qatoridan Respublika perinatal markazi, 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika, 6-sonli tug‘ruqxona o‘rin olgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qaysi tibbiyot muassasalari karantinga yopilgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют