» » Suriyalik fotosuratchi portlashda jabrlangan bolalarni qutqarish uchun tasvirga olishni to‘xtatdi (video)

Suriyalik fotosuratchi portlashda jabrlangan bolalarni qutqarish uchun tasvirga olishni to‘xtatdi (video)


Diqqat: foto va videolarda jabrlangan va halok bo‘lganlar tasvirlangan

Diqqat: foto va videolarda jabrlangan va halok bo‘lganlar tasvirlangan

Suriyalik fotograf Abdulqodir Xabak Aleppo yaqinida terrorchilarning qochoqlar avtobuslariga hujumi guvohi bo‘ldi. Bu haqda CNN manbalariga tayanib, TJournal hikoya qilmoqda. 

U yaralanganlarga yordam ko‘rsatish uchun suratga olish jarayonini to‘xtatishga qaror qildi. 

“Vaziyat juda ayanchli edi, ayniqsa ko‘z o‘ngingda bolalar yig‘layotgani va o‘layotganini ko‘rish… Shu sababli hamkasblar bilan kameralarni qo‘yib turib, jarohatlanganlarni qutqarishga qaror qildik”, — deydi fotosuratchi.

Abdulqodir Xabakning aytishicha, u birinchi bo‘lib yordamga shoshilgan bola hayotdan ko‘z yumib bo‘lgandi. Ikkinchi bolani u qo‘liga oldi va xavfsiz joyga eltdi. Shundan so‘ng terakt ro‘y bergan hududga qaytdi, biroq yana o‘lgan bolaga duch keldi. Hamkasblaridan biri Xabak uning jasadi oldida tiz cho‘kib o‘tirganini tasvirga tushirdi. 

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Idlib viloyatidagi Fua va Kefraya shia qishloqlaridan evakuatsiya qilingan aholini olib ketayotgan avtobuslar  oldida terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborgani oqibatida 126 kishi halok bo‘ldi. Ulardan kamida 68 nafari bolalardir. 

Опубликовано: admin (19-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют