» » BMT 13,5 million suriyalik gumanitar yordamga muhtoj ekanligini ma’lum qildi

BMT 13,5 million suriyalik gumanitar yordamga muhtoj ekanligini ma’lum qildi


Suriyadagi gumanitar vaziyat tezkor va qat’iy choralarsiz yomonlasha boradi, bugungi kunda 13,5 million suriyalik yordamga muhtoj. Bu haqda BMTning qochoqlar huquqlari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“Hozirgi paytda bizda mavjud zahiralar suriyaliklar ehtiyojini qondirish uchun mutlaqo yetarli emas”, — deydi u.

Komissarning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda 13,5 million suriyalik xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj.

Grandi, shuningdek, mojaro davom etayotgan olti yil davomida 6,3 million suriyalik ichki ko‘chirilgan shaxslarga aylanganligi, 4,9 millioni qochoqlar toifasida ekanligi hamda uch millionga yaqin besh yoshgacha bo‘lgan suriyalik urushsiz hayot qanday ekanligidan bexabar ekanligini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют