» » Amazon’ning “sakrashi” Apple’ni Fortuna reytingida 5-o‘ringa tushirib yubordi

Amazon’ning “sakrashi” Apple’ni Fortuna reytingida 5-o‘ringa tushirib yubordi


Fortuna nashri Amerikadagi 500 ta eng yirik kompaniyaning savdo aylanmasi hisobga olingan navbatdagi reytingini e’lon qildi, deb yozadi IXBT.

2020-yilda reyting yetakchisi o‘zgarishsiz qolgan — bu Walmart kompaniyasi. Shu bilan birga, kuchli o‘ntalikdan o‘rin olgan kompaniyalar orasida o‘zgarish ro‘y bergan. Masalan, Amazon Exxon Mobil’ni uchinchi o‘ringa tushirib yuborib, o‘zi ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib olgan. O‘tgan yili Amazon beshinchi o‘rinda edi. Kompaniyaning bu kabi oldinga “sakrashi” Apple’ning to‘rtinchi o‘rindan beshinchiga tushib ketishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, ro‘yxatdan CVS Health, Berkshire Hathaway, UnitedHealth Group, McKesson, AT&T va AmerisourceBergen.

Qolgan kompaniyalar orasidan eng mashhurlari Microsoft (21-o‘ringa ko‘tarildi), Intel (45-o‘ringa tushib ketgan) va AMD (448-o‘ringa ko‘tarilgan).

Kapitalizatsiyasiga ko‘ra, ro‘yxatning boshidan 1,2 trillon dollar bilan Microsoft o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi pog‘ona — 1,11 trillion bilan Apple’ga nasib etgan. Kuchli uchlikka 970,7 milliard dollar bilan Amazon yakun yasagan.

Mavzuga doir: Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi bir kunda 6,4 mlrd dollarga ko‘paydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют