» » Sankt-Peterburgda o‘lim sababidan qat’i nazar vafot etganlar bilan vidolashish taqiqlandi

Sankt-Peterburgda o‘lim sababidan qat’i nazar vafot etganlar bilan vidolashish taqiqlandi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati dafn xizmatlari ko‘rsatish qoidalarini qattiqlashtirdi. Bundan buyon shahar morglarida har qanday vidolashuv marosimi taqiqlangan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Shahar bosh sanitariya shifokori tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, shaharda epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani va koronavirus tarqalayotgani sababli qo‘yilgan tashxisidan qat’i nazar barcha vafot etganlar bilan vidolashuv marosimlarini bekor qilish kerak.

Ma’lum qilinishicha, 19-maydan boshlab shahardagi morglar tashrif buyuruvchilar uchun yopiladi. Shahardagi ritual xizmatlar ko‘rsatuvchi davlat unitar korxonasi bu ma’lumotni tasdiqlamagan, biroq barcha vafot etganlarning tobuti yopilishi majburiy ekanligini ma’lum qilgan.

Sankt-Peterburg koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Rossiya hududlari orasida yetakchilar uchligiga kirgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda qariyb 11 ming kishi COVID-19 kasalligiga chalingan, ulardan 90 nafari vafot etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon 299 941 kishi koronavirusga chalingan. Shuningdek, umumiy hisobda 2 837 nafar bemor vafot etgan. Virusga chalinganlarning 76 130 nafari sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют