» » Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qollab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar boyicha videoselektor otkazdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qollab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar boyicha videoselektor otkazdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-may kuni tadbirkorlikni qollab-quvvatlashga qaratilgan qoshimcha chora-tadbirlar boyicha videoselektor yigilishi otkazildi.

Tadbir avvalida Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash ishlariga yana bir bor toxtalib otdi.

Kasallikni yuqtirgan 2 802 nafar fuqarodan 2 314 nafari yoki 82 foizi butunlay sogaygani, bu kurashda chinakam jasorat korsatayotgan 23 ming nafar tibbiyot xodimlariga jami 78 milliard somdan ziyod ragbatlantirish puli tolab berilgani aytildi.

Kasallikka qarshi kurashish bilan birga, chet ellardagi fuqarolarimiz haqida ham qayguryapmiz. Hozirgi kungacha xorijdan 39 ming nafar yurtdoshlarimizni olib keldik. Tashqarida ogir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaromizga tegishli yordam korsatib, ularni yurtimizga olib kelish choralari korilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiyot tarmoqlarida faollik tiklanmoqda. Misol uchun, oxirgi haftada tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr energiyasi istemoli 13 foizga kopaygan. Shuningdek, oxirgi ikki haftada birjada sement savdosi oldingi oyning shu davriga nisbatan 104 ming tonnaga, yoqilgi mahsulotlari 74 ming tonnaga, qurilish oynasi 60 ming kvadrat metrga oshgan.

Epidemiologik holatdan kelib chiqib, hududlarni yashil, sariq va qizil zonalarga ajratgan holda, 110 mingga yaqin tadbirkorlik subyektining faoliyatiga ruxsat berildi, 600 mingdan ziyod xodimlar ish joyiga qaytdi.

Umuman, songgi ikki oyda pandemiyaning aholi turmush tarzi va iqtisodiyot tarmoqlariga tasirini yumshatish boyicha Prezidentning 12 ta farmon va qarori qabul qilindi. Buning natijasida 500 mingdan ziyod tadbirkorlik subyekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion somlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.

18-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qollab-quvvatlash boyicha navbatdagi chora-tadbirlar togrisidagi farmoni qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 500 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari va 100 mingga yaqin aholiga qoshimcha 1,7 trillion somlik komak beriladi.

Qanchalik ogir bolmasin, nima sharoit yaratish zarur bolsa, barchasini qildik. Endi iqtisodiyot va investitsiya komplekslari, sektor rahbarlari quyi tizimda ushbu imtiyozlarning har bir tadbirkor va fuqarogacha yetib borishini taminlashi kerak, dedi Prezident.

Respublika komissiyasiga sohalar va hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, qolgan 40 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ham bosqichma-bosqich ruxsat berish vazifasi qoyildi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda Ozbekistonning 38 ta tumani qizil zonada qolayotgani bois karantin qoidalariga qatiy amal qilish talab etiladi.

Pandemiya tufayli kambagal aholi va ishsizlar soni oshishi, oilalar daromadi kamayishi tayin. Shu sababli qisqa fursatda yangi ish orinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qollab-quvvatlash zarur.

Yigilishda bu boradagi qoshimcha chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Avvalo, tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini taminlash masalasiga jiddiy etibor qaratildi.

Barcha hokimlarni ogohlantiraman. Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qoyilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi, deya takidladi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddi idoralarga mulk daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mulkni kompensatsiya qilish boyicha tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlari ijrosini toliq taminlash boyicha korsatmalar berildi.

Prezident topshirigiga kora, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi. Shuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari togrisida hukumatga malumot kiritib boradi. Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlar muammosini hal qilmagan, ular bilan yetarli darajada ishlamagan shahar va tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini korib chiqadi.

Ozini ozi band qilayotgan, qolida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Yani, sartarosh, etikdoz, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, kompyuter dasturchisi kabi ozini ozi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad soligidan ozod qilinadi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya. Ilgor xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni royxatga olish va hisobini yuritish boyicha mobil ilova ishlab chiqiladi.

Malumki, yil boshida xususiy notariuslikka ruxsat berilgani natijasida 617 ta davlat notariusi xususiy boldi va byudjetdan berilayotgan 200 milliard som iqtisod qilindi.

Xuddi shuningdek, hozirgi kunda davlat idoralari korsatayotgan kadastr hujjatlarini tayyorlash, yer ajratishda toposuratga olish kabi xizmatlarni xususiy sektorga otkazilsa, minglab yangi ish orinlari yaratiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga aniq hisob-kitob asosida, xususiy sektorga otkazish mumkin bolgan davlat xizmatlari royxatini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Karantin davrida kopgina tashkilotlar tolov qobiliyatini yoqotib, bankrotlik yoqasiga kelib qolishi mumkin. Shu sababli, korxonaga sanatsiya qollanilsa, uning soliq va boshqa tolovlardan qarzdorligi karantin tugaganidan keyin undirilishi mumkinligi belgilandi.

Davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish tizimi tanqid qilindi, unda haligacha byurokratizm saqlanib qolgan. Jumladan, auksionga qoyilgan ayrim yer uchastkalari va kochmas mulk obyektlarining investitsiya majburiyatlari yuqoriligi, infratuzilma rivojlanmagan joylardan ajratilgani sababli ularning 53 foizi kopdan beri sotilmay turibdi. Shuningdek, 57 ta tuman va shaharda songgi 4 oyda tadbirkorlik uchun birorta yer uchastkasi auksionga chiqarilmagan. Joylarda davlat ulushi mavjud 552 ta obyekt bosh turibdi.

Ushbu inshootlarda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, ayrimlarida kichik sanoat zonalari tashkil etish boyicha korsatmalar berildi.

Bundan buyon kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etilib, boshqaruvga xususiy sektor keng jalb qilinadi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hokimliklar bilan birga ushbu kichik sanoat zonalari joyini aniqlash, infratuzilmasiga mablag ajratish, boshqaruvga xususiy sektorni keng jalb qilish bilan shugullanadi. Ularni infratuzilmaga ulash uchun joriy yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgarmasidan 200 milliard som ajratiladi.

Pandemiya oqibatlarini yumshatish doirasida Har bir oila tadbirkor dasturiga ajratilgan 1 trillion som kredit mablaglarini qaytarish muddati uzaytirildi. Shu bois, ushbu dasturni toliq amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasi hisobidan 100 million dollar resurs ajratildi.

Prezident mahsulot, uskuna, xomashyo hamda aylanma mablaglar uchun kredit olishda tadbirkorlarga ornatilgan barcha cheklovlar olib tashlanishi kerakligini takidladi. Markaziy bankka kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berish shartlarini soddalashtirish boyicha topshiriq berildi.

Mahsulotlarga talabni yaratish uchun savdo faoliyatini ragbatlantirish, aholining istemol qobiliyatini oshirish maqsadida istemol kreditlari berishni kengaytirish lozimligi qayd etildi.

Yigilishda tijorat banklari oldidagi vazifalarga ham toxtalib otildi.

Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalariga kelgan murojaatlarning 55 foizi bank kreditlari bilan bogliqligi bu boradagi muammolar kolamini korsatadi. Shuningdek, bank xizmatlari boyicha tadbirkorlar murojaatlari Milliy bankda 10 foiz, Mikrokreditbankda 11 foiz, Agrobankda 13 foiz ijobiy hal qilingan, xolos.

Prezident bank faoliyatiga mijozlarga xizmat korsatish sifatiga qarab baho berilishini alohida qayd etdi.

Tijorat banklari kichik biznes rivojida muhim bogin ekani, har bir tumandagi osish nuqtalariga mablag yonaltirib, tadbirkor va fuqarolarni qollab-quvvatlashi zarurligi takidlandi.

Yigilishda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yol qoygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish boyicha korsatma berildi.

Mutasaddilar yigilishda muhokama qilingan masalalar ijrosini tashkil etish yuzasidan axborot berdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-05-2020, 19:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
:
-
:
20 ... -