» » Sirdaryoga Xalq qabulxonalari tomonidan “Saxovat karvon”lari muntazam jo‘natilmoqda

Sirdaryoga Xalq qabulxonalari tomonidan “Saxovat karvon”lari muntazam jo‘natilmoqda


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi Xalq qabulxonalari sektorlar rahbarlari hamkorligida “Saxovat karvon”lari Sirdaryo viloyatiga muntazam jo‘natilmoqda. Bu haqda Xalq qabulxonalari matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisi uchun shu kunga qadar jami 1 milliard so‘mdan ziyod 38 turdagi kundalik hayot uchun zarur mahsulotlar olib kelinib, ehtiyojmand oilalarga yetkazilgan. Bular, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, gigiyena vositalari va boshqa buyumlardan iborat.

Xalq qabulxonalari mas’ullari maxsus ishchi guruhlar tashkil etib, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida uyma-uy yurib, “Qo‘rg‘ontepa”, “Ahillik”, “Do‘stlik”, “Yurtdosh”, “Saxovat” kabi o‘nlab mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 3,5 mingdan ziyod oilalarning holatini o‘rgandi.

“Natijada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami — boquvchisini yo‘qotgan ayollar, yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali, ko‘p farzandli oilalar ro‘yxati shakllantirilib, ularning eng birlamchi hayotiy muammolarini hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, vaqtinchalik ko‘chirilgan aholi holidan ham muntazam ravishda xabar olinyapti. Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlari mahallalarda tashkil etilgan qator ijtimoiy markazlardagi oilalarga kunlik ehtiyojlari uchun nima zarur bo‘lsa, barcha kerakli yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatyapti”, — deyiladi xabarda.

Toshqin oqibatidan jabr chekkan insonlar muammolarini o‘rganish asnosida Xalq qabulxonalariga 1,1 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning 89 foizi joyida hal qilingan. Xususan, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlash, toshqin natijasida yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash, zararni qoplash uchun kompensatsiya mablag‘larini belgilash va undirish, kredit ta’tillari berish, qo‘shimcha imoratlarni tiklash, bandlikni ta’minlash kabi qator masalalar shular jumlasidan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokatda salkam 6 mingta turar joyga zarar yetgan. Falokat oqibatida jabrlangan aholiga yordam berish uchun Qirg‘iziston hukumati insonparvarlik yordami jo‘natdi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 100 ming dollar ajratdi. O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov esa Sirdaryoda jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют