» » Prezident topshirig‘i bilan Sardobada tezkor shtab tashkil etildi

Prezident topshirig‘i bilan Sardobada tezkor shtab tashkil etildi


Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahallada vaziyatni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida Sardoba shaharchasida tezkor shtab tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shtab qoshida yo‘nalishlar bo‘yicha 12 ta ishchi guruhi tuzilib, uning tarkibiga Prezident Xalq qabulxonalari, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xizmatlari markazlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, “Yermulkkadastr” davlat korxonasi xodimlari kiritilgan.

Tezkor shtab tomonidan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zurur chora-tadbirlar belgilangan.

Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlari ofatdan zarar ko‘rgan xonadonlarga borib, har bir oilaning turar-joylari, qo‘shimcha binolari (oshxona, omborxona, molxona, hammom, tandirxona, garaj va boshqalar), maishiy buyumlari, transport vositalari, qoramollari, otlari, qo‘y-echkilari, parrandalari, bog‘lari, issiqxonalariga yetkazilgan zararlar hamda yo‘qolgan hujjatlar aniqlanmoqda.

2020-yilning 7-may kuni ishchi guruhlari tomonidan Sardoba tumanining “Qo‘rg‘ontepa”, Oqoltin tumanining “Ahillik” va “Saxovat” mahallalaridagi 1300 dan ortiq xonadonlar o‘rganilgan. Birinchi kunidayoq 1000 ga yaqin kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan idish-tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, gigiyenik vositalar hamda issiq kiyim-kechaklar bilan ta’minlangan.

“Shu bilan bir qatorda hududlarda tozalash, ta’mirlash va qurilish ishlari ham olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunda joylarda chiqindilarni olib chiqish, yo‘llarni ta’mirlash, suv, elektroenergiya va gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish ishlari ketmoqda. Jami bu ishlarga 20 mingdan ziyod ishchilar hamda 3,5 mingga yaqin maxsus texnika jalb etilgan” — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 

Toshkent shahar Prezident Xalq qabulxonasi Sardobaga “Saxovat karvoni”ni jo‘natdi

Karantin paytida Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatini qanday davom ettirmoqda?

O‘zbekistonda karantin davrida Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari murojaatlarni ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 128) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют