» » O‘zbekistonda elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibi ma’lum bo‘ldi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Loyihaga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mehnat shartnomalaridagi ma’lumotlar asosida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YAMMT” IDAK) da avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar) va “YAMMT” IDAKga kiritilgan xodim to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi xodimning elektron mehnat daftarchasi (XEMD) joriy etiladi.

XEMD quyidagi maqsadlarga mo‘ljallangan:

Shaxslarga:

Mehnat faoliyatini 2020-yil 1-yanvardan keyin boshlagan shaxslar (ishga birinchi marta kirayotganlardan tashqari) avvalgi ish beruvchi tomonidan “YAMMT” IDAKga kiritilgan ma’lumotlarni, ishga kirish jarayonida XEMD va “YAMMT” IDAKdagi ma’lumotlar nusxasini, noyob tekshirish kodi va QR kodi bilan ilovaga muvofiq keltirilgan namuna bo‘yicha taqdim etadi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi “YAMMT” IDAKda noyob tasdiqlash kodi va QR kod yordamida tekshiriladi.

Mehnat faoliyatini 2020-yil 1-yanvardan oldin va undan keyin ham amalga oshirgan shaxs ishga kirish jarayonida mehnat daftarchasini qog‘oz ko‘rinishida/shaklida va XEMDdan olingan nusxani ham taqdim etadi.

Mehnat munosabatlarini 2020-yil 1-yanvardan oldin to‘xtatgan va 2020-yil 1-yanvardan keyin qayta tiklamagan shaxslar (ular uchun XEMD yozuvlar mavjud emas va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “YAMMT” IDAKda ro‘yxatga olinmagan) ishga kirish jarayonida faqat mehnat daftarchasining qog‘oz ko‘rinishini/shaklini taqdim etadi.

Ushbu bandning 2 va 3-xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ish beruvchi qog‘oz ko‘rinishidagi/shaklidagi mehnat daftarchasining nusxasini oladi va mehnat daftarchasining asl nusxasini xodimga saqlash uchun qaytarib beradi.

Qog‘oz ko‘rinishidagi/shaklidagi mehnat daftarchasining nusxasi ish beruvchida qoladi va xodimning 2020-yilgacha bo‘lgan ish staji to‘g‘risidagi ma’lumot zarur bo‘lgan hollarda (muayyan mutaxassislik bo‘yicha ish stajini tasdiqlash, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini hisoblash va h.k.) ishlatiladi.

XEMDga kiritilgan ma’lumotlar ish beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan va shuningdek “YAMMT” IDAK arxivida tahrirlanmagan shaklda saqlanadi va ko‘rish, ishlatish uchun zarurat bo‘lganda xodimlar, uchinchi shaxslar tomonidan xodimning va “YAMMT” IDAK idoralararo hamkorlik ishtirokchilarining roziligi bilan tasdiqlash (verifikatsiya qilish).

Har bir jismoniy shaxs (xodim) uchun faqat bitta “YAMMT” IDAKda yaratilgan noyob raqamga ega bo‘lgan XEMD yaratilishi mumkin.

XEMDdagi nafaqani tayinlash uchun ish stajini, shu jumladan, imtiyozli ish staji bo‘yicha kiritilgan yozuvlarni tekshirish (verifikatsiya qilish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

XEMD elektron yozuvlar ko‘rinishida bloklarga bo‘lingan holda quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

A blogi. Xodimning shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan:

B blogi. Xodimning ma’lumoti to‘g‘risida ma’lumot, shu jumladan:

V blogi. Mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumot, shu jumladan:

Bir tashkilot ichidagi xodimning lavozimidagi o‘zgarishlar XEMDda ketma-ketlikda ko‘rsatiladi.

Agar xodimga ish faoliyati davomida yangi razryad belgilangan bo‘lsa, bu haqda tegishli yozuv yoziladi. Xodim tomonidan ikkinchi va undan keyingi kasblarni o‘zlashtirilishi XEMDga ushbu kasblarning razryadlarini ko‘rsatgan holda kiritiladi.

G blogi. Mehnat faoliyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar, shu jumladan:

Zarur bo‘lgan holatlarda xodim tomonidan kiritilgan mustaqil ma’lumotlar ushbu ma’lumotlarga taalluqli bo‘lgan tashkilot tomonidan verifikatsiya qilinadi.

D blogi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumot, shu jumladan:

Ma’lumotlarni kiritish uchun xodim ish beruvchiga har qanday qulay shaklda barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.

Tegishli kadrlar tadbirlari ijrosi bajarilishiga qarab XEMD ichidagi yozuvlar tegishli bloklar ketma-ketligida shakllantiriladi.

To‘langan JSHDS bo‘yicha yozuvlar soliq to‘langan har oy uchun tuziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 111) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют