» » Andijonda karantin payti noqonuniy xo‘roz o‘yini tashkillashtirganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda karantin payti noqonuniy xo‘roz o‘yini tashkillashtirganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Andijonning Oltinko‘l tumani, “Uyg‘ur” MFYda yashovchi fuqaro M.X qurilishi bitmagan yangi hovlisida karantin vaqtida bir nechta fuqarolarni yig‘ib, tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy xo‘roz o‘yini tashkillashtirganligi aniqlandi.

Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 14-may kuni soat 14:30 larda Andijon viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.B, X.X, X.M, I.M. hamda Yu.J. o‘zaro og‘zaki tartibda 2 million so‘mdan kelishib, pul yutish maqsadida xo‘rozlarini urishtirayotgan vaqtida ushlandi.

Ishtirokchilarni yonida bo‘lgan jami 600 ming so‘m pul hamda 2 dona dakan xo‘roz xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilib, tuman IIB ixtiyoriga olingan.

Surishtiruv davomida tashkilotchi M.X. har bir o‘yindan o‘rtaga tikilgan summadan ma’lum miqdorda ulush olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют