» » O‘zbekistonda turizmga bog‘liq infratuzilmalar holati monitoringi asosida xavfsiz turizm standartlari joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda turizmga bog‘liq infratuzilmalar holati monitoringi asosida xavfsiz turizm standartlari joriy etilishi mumkin


Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi sanitar sharoitlarni o‘rganish va ularning xavfsiz faoliyat yuritishga tayyorgarligini tekshirish maqsadlarida Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq ishchi guruh tashkil etilib, uning tarkibiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa vazirlik, idora, jamoat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) kiritildi. 11—16-may kunlari ishchi guruh tomonidan mehmonxonalar, markaziy avtovokzal, markaziy temiryo‘l vokzali hamda Toshkent xalqaro aeroporti kabi infratuzilmalar holatining dastlabki monitoringi o‘tkazildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra obyektlar ishchi guruh vakillari tomonidan ko‘zdan kechirilib, personal bilan sayyohlar tashrifi, vaqtincha O‘zbekistonda bo‘lishi va ularning jo‘nab ketishi bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilingan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mehmonlar xavfsizligiga oid ba’zi kamchiliklar aniqlangan. Ishchi guruh mutaxassislari tomonidan ularni bartaraf qilish va turli obyektlarda sanitar xavfsizlik normalarini ishlab chiqishda jamoaviy faoliyatni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.

“Ishchi guruh tomonidan joylashtirish vositalari uchun yangi sanitar normalar loyihasi tayyorlanmoqda, barcha turistik obyektlarini sanitar xavfsizlik vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda, O‘zbekistonning turizm sohasidagi sanitar xavfsizligini aprobatsiya qilish uchun sinov tizimini joriy etish maqsadida har bir hududdagi obyektlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Bundan tashqari, Ecolab (AQSh), Diversey (Turkiya), Saraya (Yaponiya) va boshqa yirik sanitar-gigiyenik vositalar yetkazib beruvchilar, inshootlarni xavfsizlantiruvchi protokollar va turli darajadagi mezonlar ishlab chiquvchilari bilan muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.

Maqsad sanitar ishlov berish va gigiyenaga doir xalqaro mezonlarni tatbiq qilish, shuningdek, sayyohlar harakatlanishining barcha bosqichlarida tegishli vositalarni yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Shu bilan birga, mahsulotlarni O‘zbekistonga keltirish jarayonlari bilan bog‘liq masalalar va ularning muddatlari, turistik biznes vakillari uchun chegirmalar taqdim etish, mavjud mezonlar bo‘yicha hududlar kesimida ham sertifikatsiya o‘tkazish masalalari muhokama qilinadi.

Ayni damda ishchi guruh tomonidan O‘zbekistonda xavfsiz turizm standartlarini joriy qilish va sertifikatlashga oid zarur hujjatlar tayyorlanmoqda”, – deyilgan qo‘mita xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют