» » “Boshida Jahongir Ahmedovdan ranjidim”. Matyoqub Matchonov “Ilhaq” filmidagi rais rolini ijro qilmoqchi bo‘lgani, ammo shogirdi rolni unga bermagani sababi haqida (video)

“Boshida Jahongir Ahmedovdan ranjidim”. Matyoqub Matchonov “Ilhaq” filmidagi rais rolini ijro qilmoqchi bo‘lgani, ammo shogirdi rolni unga bermagani sababi haqida (video)


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Matyoqub Matchonov suhbat davomida “Ilhaq” filmidagi Mardon rais rolini ijro etmoqchi bo‘lgani, ammo film rejissori — shogirdi Jahongir Ahmedov bu rolga uni munosib ko‘rmagani sabablari haqida gapirib berdi.

Boshida Jahongir Ahmedovdan ranjidim. Sababi “Ilhaq” filmining ssenariysini yozayotganda “Matyoqub aka, sizga kolxoz raisi rolini yozyapman, zo‘r chiqyapti” deganida xursand bo‘lib ketgandim. Keyin bu rolga kasting qilinishini eshitib, “Jahongir, sen menga ishonmadingmi?” deganimda “Aka, bu davlat buyurtmasi bilan suratga olinayotgan film, boshqa aktyorlarni ham ko‘rish kerak” deganida, yashirmayman, yuragim shuv etdi.

Kasting jarayonlarida Tohir Saidov ushbu rolga tasdiqlandi. Jahongir badiiy kengash shunday qaror qilgani haqida gapirdi. O‘shanda “Jahongir, agar shu rolda meni o‘ynatmoqchi bo‘lsang, rejissor sifatida pozitsiyangni himoya qilsang bo‘lardi-ku” dedim. “Sizga bo‘lmasdi, Matyoqub aka” deb ssenariyning oxirgi variantini ko‘rsatdi. Haqiqatan o‘qiganimdan keyin bildimki, men bu rolni o‘ynay olmasdim. Tomoshabindan qo‘rqib yoki rol yoqmagani uchun emas, bu rol mening ichki dunyoyimga to‘g‘ri kelmasdi.

Lekin Tohir qoyilmaqom qilib o‘ynagan. Jahongir Ahmedov “Sizning talqiningizdagi bu rolga tomoshabinlar ishonmaydi, siz tomoshabinlar nazdida butunlay boshqacha qiyofada shakllangan aktyorsiz” dedi. Undan keyin xafagarchiliklarga chek qo‘yildi. Haqiqatan Tohir ushbu rolni mahorat bilan olib chiqibdi. Men Jahongirni shunaqa katta mashtabda film suratga olganidan xursandman, unga faqat omad tilayman.

Matyoqub Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Ma’lumot uchun, “Ilhaq” filmi rejissor Jahongir Ahmedov va prodyuser Zafar Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan bo‘lib, unda ikkinchi jahon urushi yillari tasvirlangan. Film Zulfiya Zokirova va uning urushdan qaytmagan besh o‘g‘li haqida hikoya qiladi. “Ilhaq” filmi 9-may kuni G‘alabaning 75 yilligi sharafiga O‘zbekiston telekanallarida premyera qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют