» » Matyoqub Matchonov O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi

Matyoqub Matchonov O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi xabar bermoqda.

Mazkur uyushma Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qayta tashkil etilgan.

Uning asosiy vazifalari qatoriga milliy kinematografiya yo‘nalishlarini belgilash, jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy kino san’ati maktabini yaratish, O‘zbekiston kino san’atini mamlakatda va chet ellarda targ‘ib etish, xorijiy kino ustalari bilan ijodiy aloqalarni o‘rnatish va kengaytirish, milliy va xalqaro kinofestivallarida ishtirok etish va ularni tashkil etish, kinoijodkorlarni rag‘batlantirish, soha faxriylarini ijtimoiy jihatdan himoya qilish va boshqalar kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют