» » “Barselona” Umtitini sotadi. Klub unga narx belgiladi

“Barselona” Umtitini sotadi. Klub unga narx belgiladi


“Barselona” yozgi transferlar vaqtida jamoaning fransiyalik himoyachisi Samuel Umtiti bilan xayrlashishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda “Sport.es”.

Ta’kidlanishicha, “Barselona” futbolchisini 30 million yevroga baholagan. Ushbu mablag‘dan kam takliflar ko‘rib chiqilmaydi. Umtitining o‘zi hozircha Kataloniya klubidan ketish niyatida emas. Ammo ketgan taqdirda ham Angliyaga yo‘l olishni ma’qul ko‘rishi ta’kidlanmoqda. Uning xizmatlariga esa “Arsenal” hamda “Manchester Yunayted”dan qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Umtiti 2016-yil yozida “Lion”dan “Barselona”ga 25 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsum futbolchi klub safida La Liga doirasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rt marta hakamlar tomonidan ogohlantirish olgan.

Umtiti karantindan keyingi ilk mashg‘ulotda jarohat oldi va 2-3 haftaga safdan chiqdi.

Mavzuga doir: “Barselona” yozda 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют