» » Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda ochilishi kutilayotgan 2 ta OTM loyihasi bilan tanishdi

Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda ochilishi kutilayotgan 2 ta OTM loyihasi bilan tanishdi


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 21-may kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahriga tashrif buyurdi. Turli vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat 33 nafar ishchi guruh a’zolari tomonidan obyektlar o‘rganildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Senat raisi ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan obyektlarda bo‘ldi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova O‘zbekiston Prezidenti bilan bo‘lgan muloqotda shaharda ikkita institut tashkil etish taklifini ilgari surgan edi.

Xususan, Samarqand davlat universitetining pedagogika instituti filiali uchun zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv korpusi, kutubxona, talabalar turar joyi va sport maydonchasidan iborat sobiq akademik litsey binosi tavsiya etilgan. Bundan tashqari, transport kolleji o‘rnida Toshkent avtomobil yo‘llari institutining Samarqand filialini tashkil etilishi mo‘ljallangan.

Tanzila Norboyeva tashrif chog‘ida ushbu loyihalar bilan tanishdi. Bo‘lajak institutlarning kadrlar salohiyati va talabalarni qamrab olish imkoniyati bilan qiziqdi.

Shundan so‘ng Senat raisi shahardagi “Yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi. Shu yerning o‘zida korxonaning ishlab chiqarish quvvati va foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ishlab chiqilgan dasturga binoan ushbu aksionerlik jamiyatiga tutash bo‘sh yer maydonida kichik sanoat zonasi bunyod etish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, tumandagi Davlatobod ko‘chasidagi ayni damda mavjud uylar o‘tgan asrning o‘rtalarida qurilgan bo‘lib, bugungi kun talablariga javob bermaydi. Shu bois ushbu hududda zamonaviy ko‘p qavatli uylar qad rostlashi mo‘ljallangan bo‘lib, Davlatobod ko‘chasi atrofida quriladigan ko‘p qavatli uylar reja-loyihasi taqdim qilindi.

Tashrif mobaynida Tanzila Norboyeva aholi, xususan, tadbirkorlar murojaatlariga e’tibor qaratib, ishbilarmonlar tomonidan taqdim qilingan 100 dan ortiq loyiha bilan tanishdi. Tadbirkorlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida ularni banklar rahbariyati bilan uchrashuvini ham tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, 13-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Kattaqo‘rg‘on shahrini ham rivojlantirilishga alohida to‘xtalib, vazifalar belgilangan edi. Bunda asosiy e’tibor Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlaridagi 1200 gektar lalmi va yaylov yerlarni Kattaqo‘rg‘on shahri aholisiga foydalanishga berish orqali 5 ming kishini ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yilgandi.

Avvalroq Samarqand shahrini Pastdarg‘om, Nurobod, Samarqand tumanlari hisobiga kengaytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют