» » Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol xonadoniga keldi (foto)

Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol xonadoniga keldi (foto)


O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol xonadoniga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Tanzila Norboyevaga viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Hamrotosh Shodiyeva va boshqa mutasaddilar hamrohlik qilmoqda.

Ular jabrdiyda ayol, uning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Yuz bergan holat tafsilotlarini bevosita o‘zidan tingladi.

Kattaqo‘rg‘onlik ayol xonadonida qarov va ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Bosh vazir o‘rinbosarining Kattaqo‘rg‘onga kelishi bilan bog‘liq voqealar rivoji muxbirimiz tomonidan kuzatib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tanzila Norboyeva ikki bor ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘ondagi hodisaga munosabatini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют