» » Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi: Kattaqo‘rg‘onlik ayollar bunday munosabatga mutlaqo loyiq emas

Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi: Kattaqo‘rg‘onlik ayollar bunday munosabatga mutlaqo loyiq emas


O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Tanzila Norboyevadan so‘ng Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi ham Katttaqo‘rg‘onda IIB xodimi ayol kishini tahqirlaganiga munosabat bildirdi.

“Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi voqeadan barchamiz afsusdamiz. Ma’naviyat, ilm-ma’rifat, madaniyat sohalarida nafaqat viloyat, balki Respublikamizda o‘ziga xos o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on, uning xalqi, ayniqsa xotin-qizlari bunday munosabatga mutlaqo loyiq emas edi.

Voqea har tomonlama o‘rganilmoqda, ayol bilan esa shaxsan suhbat qurildi. U ruhan tushkunlikka tushmagan, qonun ustuvorligiga ishonadi.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli voqea tafsilotlariga batafsil to‘xtalmaymiz.

Ammo, shunisi aniqki, aybdorlar qonun doirasida o‘z jazosini oladi. Hali aybi isbotlanmagan kishiga, eng yomoni, xotin-qizga nisbatan qilingan bu xatti-harakat millatimiz sha’niga dog‘ bo‘lib tushdi.

Ushbu voqea o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda nafaqat xotin-qizlar o‘rtasida, balki jamiyatimizda hali ko‘p ishlar amalga oshirilishi kerakligini ko‘rsatib berdi”, — deyiladi qo‘mitaning dagi sahifasida joylashtirilgan bayonotda.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi “Voqea yuzasidan aniq dalillar asosida munosabat bildirilishi”gaishontirgan. Qayd etish joizki, Hamrotosh Shodiyeva mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasi mudiri vazifasida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют