» » Andijonda velosipeddan yiqilgan 69 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi

Andijonda velosipeddan yiqilgan 69 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda yerda yotgan erkak va uning atrofidagi odamlarning tez yordamga qo‘ng‘iroq qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Videodan anglashilishicha, fuqarolar yordam berish uchun tez yordam chaqirgan. Ammo tez yordam o‘z vaqtida yetib kelmagani bois odamlar asabiylashib, tez yordamga manzilni qayta-qayta tushuntirishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

“Ramazon oyining ulug‘ kunlarida noxush voqea yuz berdi. 2020-yil 20-may kuni Andijon shahrining Boburshoh ko‘chasida velosipedda ketayotgan fuqaro noma’lum sabablarga ko‘ra yiqilgan. Atrofdagi insonlar ushbu ko‘ngilsiz holatni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Shu orqali tez yordam mashinasi kelmayotganligidan shikoyat qilgan”, — deyiladi boshqarma munosabatida.

Boshqarma axborot xizmatining ta’kidlashicha, shu kunning o‘zida viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali, sud-tibbiy ekspertiza byurosi, IIB mas’ullari ishtirokida tezkor ishchi guruh tuzilib, holat o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, 20-may kuni soat 12:10 ga yaqin Andijon shahrining Boburshoh ko‘chasida velosipeddan yiqilib tushgan erkak ma’lum muddat hushsiz yotgan. Ushbu noxush holat bo‘yicha tez yordamga ikki marotaba qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

“Soat 12:14 da tez tibbiy yordam mashinasi chaqiruvni qabul qilib, yo‘lga chiqayotganligini xizmat kuzatuv kameralaridan ko‘rish mumkin. Chaqiruvni qabul qilgan vrach Ismoil Karimov boshchiligidagi brigada soat 12:23 da voqea joyiga yetib borgan. Videolavhada ikkinchi marotaba xabar berayotgan ayolning ovozi va tez yordam mashinasi kelganligini ko‘rish mumkin”, — deyiladi boshqarma axborotida.

Ta’kidlanishicha, tez yordam voqea joyiga yetib borganida fuqaroda o‘lim holati belgilari aniqlangan. Shundan so‘ng shifokor tomonidan 12:30 da IIBga xabar berilgan. Soat 12:44 da esa IIB xodimi voqea joyiga yetib borgan.

Andijon viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosi xulosasiga ko‘ra, fuqaro o‘limiga surunkali yurak ishemik kasalligi sabab bo‘lgan. Murda tanasida yiqilish bilan bog‘liq hech qanday jarohat aniqlanmagan.

Ma’lumot berilishicha, marhum 1951-yilda tug‘ilgan bo‘lib, yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, ikki marta yurak xurujini boshdan o‘tkazgan.

Mavzuga doir: SSV 50 dan ortiq tez yordam mashinasining shahar shifoxonasi yonida to‘planib turganiga izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют