» » Navoiy viloyati IIB bodikamerasiz YPX xodimi va fuqaro janjali tasvirlangan video bo‘yicha munosabat bildirdi

Navoiy viloyati IIB bodikamerasiz YPX xodimi va fuqaro janjali tasvirlangan video bo‘yicha munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda bodikamerasiz YPX xodimi fuqaro bilan janjallashayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati videotasvir bo‘yicha munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea 21-may kuni soat 17:10 larda Navoiy viloyati Uchquduq tumanidan sodir bo‘lgan. Zarafshon shahri yo‘nalishi bo‘yicha bir nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib kelayotgan Labo mashinasi “Uchquduq” postida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan dezinfeksiya choralarini ko‘rish maqsadida to‘xtatilgan va postda yuritilayotgan jurnalga qayd etish uchun haydovchidan uning guvohnomasi so‘ralgan.

Haydovchi esa Milliy gvardiya xodimlariga ushbu postdan har kun o‘tib-qaytishini, har safar hujjatlarini ko‘rsatmasligini aytib, ular bilan tortishgan. Shu vaqtda postga xizmatga jalb etilgan Uchquduq tuman IIB YHXG ma’muriy amaliyot inspektori katta serjant U.A. postda joylashgan xizmat xonasidan chiqib kelib, haydovchidan hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan.

Haydovchi unga hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilganidan so‘ng YPX xodimi uni mashinadan tushishini, avtomobili esa jarima maydoniga qo‘yilishini aytgan. Haydovchi mashinasidan tushganidan so‘ng YPX xodimi jarima maydoniga qo‘yish maqsadida rul boshqaruviga o‘tirgan. Shunda avtomashina old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi xodimning harakatlarini videotasvirga olishni boshlab, xodimga nima sababdan bodikamerasiz xizmat olib borayotganligini so‘rab, uning harakatlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishini aytgan va ularni qo‘yib yuborishni so‘ragan. Xodim esa videotasvirga olishiga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Shundan so‘ng ushbu transport vositasi haydovchisi 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi A.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 va 135-moddalariga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi evakuator yordamida jarima maydoniga qo‘yilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, shu kuni A.U. xizmatga chiqishidan oldin bodikamerasini navbatchilik qismidan olgan bo‘lsa-da, ushbu holat sodir bo‘lgan vaqtda uni shu postda joylashgan xizmat xonasida unutib qoldirgan va shovqinni eshitib tashqariga yugurib chiqqan.

Holatni tasvirga olgan avtomashina yo‘lovchisi 1998-yilda tug‘ilgan B.M. 2020-yilning 10-aprel kuni transport vositasini spirtli ichimlik ta’sirida mast holda boshqarganligi sababli Uchquduq tuman sudi tomonidan 6 oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют