» » Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi YPX inspektorining qo‘pol xatosiga izoh berdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi YPX inspektorining qo‘pol xatosiga izoh berdi


Qashqadaryo IIB YPX inspektori haydovchining yoqasidan tortib, mashinadan tushirishga uringanini tan oldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

2020-yil 15-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektori haydovchining yoqasidan tortib, mashinadan tushirishga harakat qilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Ushbu videotasvirga munosabat bildirgan viloyat IIB voqea joriy yil 14-aprel kuni bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.

“Qarshi shahrida COVID-19 kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida 2020-yil 14-aprel kuni ertalabki xizmat taqsimotiga asosan viloyat IIB YHXB YPXB 1-YPX otryadi 1-safarbarlik guruhi inspektori, safdor B.Omonturdiyev Qarshi shahridagi Jayhun va Nasaf ko‘chalari kesishgan chorrahada xizmatga jalb qilingan.

Shu kuni soat taxminan 14:00 larda Labo rusumli 70 171 VAA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi bir necha bor uning oldidan o‘tib-qaytib, ‘Komandir, noto‘g‘ri tushunmaysiz, sizlarning tashkilotlaringizdan kattaroq tashkilotdan ruxsat olib qo‘yganmiz’ deb aytganida inspektor uni to‘xtatib, ‘To‘g‘ri, sizda maxsus ruxsatnoma bor, lekin bu ruxsatnoma maqsadsiz ko‘chada yurish uchun berilmagan’, deb ogohlantirib qo‘yib yuborgan”, — deyiladi IIB axborotida.

Viloyat IIB YPX inspektorining aybini tan olib, haydovchining yoqasidan tortganini ta’kidlaydi.

“Safdor B.Omonturdiyev Milliy gvardiya xodimi serjant J.Haqberdiyev bilan soat taxminan 17:00 larda Jayhun ko‘chasidan kelayotgan avtomashinalarni Nasaf ko‘chasi orqali I.Karimov ko‘chasiga, ya’ni shahar markaziy ko‘chalariga harakatlanishini cheklab turgan vaqtda Labo rusumli 70 171 VAA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi kelib, ‘Qoch, ko‘rmayapsanmi ruxsatnomam bor’, deydi. Shunda safdor B.Omonturdiyev va serjant J.Haqberdiyev haydovchini avtomashinadan tushirib, orqadagi boshqa mashinalarda ham maxsus ruxsatnoma borligini, lekin ular to‘g‘ri tushunib shahar atrofi bo‘ylab harakatlanayotganligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.  Haydovchining mashinadan tushishini talab qilgan va yoqasidan ushlab tortgan. Haydovchining yonida bo‘lgan fuqaro ushbu holatni to‘liq videotasirga olgan bo‘lsa-da, aynan YPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan haydovchining yoqasidan tortib tushirmoqchi bo‘lgan qismini olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan”, — deya axborot beradi viloyat IIB.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют