» » Video: IIV YHXB sug‘urta qog‘ozi qalbakiligi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

Video: IIV YHXB sug‘urta qog‘ozi qalbakiligi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi


Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan avtomobil sug‘urta polisining qalbakiligi borasidagi videoga munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimining “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi qog‘ozini mijozlarga qalbaki berayotganini ta’kidlagan, zajigalkada yoqsa qog‘ozdagi yozuvlar o‘chib ketayotgani, haydovchining avtomobili jarima maydonchasiga yo‘l olishi bildirilgan. Keyinchalik sug‘urtalanuvchining javob tariqasidagi videomurojaati sarlavhali videolar tarqagan.

Video yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlariga ko‘ra, 2020-yilning 3-aprel kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori U.Abdujalilov belgilangan taqsimot asosida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahrisabz va Mustaqillik ko‘chalari chorrahasiga xizmatga jalb etilgan. Shu kuni soat 17:15 lar atrofida Cobalt rusumli transport vositasini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.

YPX inspektori haydovchining hujjatlarini o‘rganish jarayonida majburiy sug‘urta polisi haqiqiy emasligi yuzasidan gumon qilgan. Haydovchi D.P. va uning yonida bo‘lgan fuqaro M.U. ushbu holatni uyali aloqa vositasi orqali videotasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatgan.

Holat o‘rganilganda, o‘sha kuni YPX inspektori sug‘urta polisi haqiqiy emasligi yuzasidan gumon qilgani, lekin haydovchiga nisbatan hech qanday ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmagani va transport vositasini ham jarima maydonchasiga joylamagani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, — deyiladi IIV YHXB axborot xizmati xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют